Korrupsiya xavfi yuqori xaridlar
O‘zbekistonda korrupsiya dinamikasi va buning sabablari haqida. Uni qanday o‘lchash va u bilan qanday kurashish mumkin? O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashda uzoq muddatli ijobiy dinamikani namoyish etuvchi 16 ta davlat qatoriga kiradi.
Korrupsiya konturlari va oqibatlari: Korrupsiya deganda, umumiy ma’noda, shaxsiy boylik orttirish va shaxsiy manfaati yo‘lida shaxsga ishonib topshirilgan lavozimini qasddan va noqonuniy suiiste’mol qilish tushuniladi.
Korrupsiya boshqaruvning barcha darajalarida uchraydi: global, milliy va mahalliy. Barcha turdagi agentlar (jismoniy shaxslar, korxonalar, davlat xizmatchilari va siyosatchilar) korrupsiyaga ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda jalb qilinishi mumkin.
Korrupsiya qanday o‘lchanadi?
Korrupsiyani o‘lchash rasmiy muomaladan resurslarni chiqib ketishi va davlat boshqaruvidagi muammoli sohalarni aniqlashga yordam beradi. Bugungi kunda dunyoda korrupsiya darajasini o‘lchashning beshta asosiy usuli qo‘llaniladi. Ularning barchasining afzalliklari ham, kamchiliklari ham mavjud.